"Paxtakor" futbolchisi legionerga aylandi. Hamyurtimiz Evropaga yo‘l oldi (Foto)
"Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Humoyunmirzo Iminov faoliyatini Belarusda davom ettiradigan bo‘ldi.
"Energetik-BGU" klubi hamyurtimizni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Iminov bir yil ijara asosida to‘p tepadi.

Yil boshida o‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov Belarus chempionatiga ko‘chib o‘tgandi. Ayni paytda Yaxshiboev "Shaxtyor"da o‘ynayotgan bo‘lsa, Umarov "Energetik-BGU"da to‘p tepmoqda. Umarov ham BATE klubi bilan shartnoma tuzib qo‘ygan.
Fikrlar