"Paxtakor" muxlislari Namanganga borishmadi, ammo...

  • 28 avgust, 2022, 23:43
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Tecno

Mezbonlarning goli Jamshid Iskanderov nomiga qayd etildi. Mehmonlarning goliga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi. 

Bugungi uchrashuvda poytaxt klubi muxlislari xavfsizligi sabab Namangan shahri tomon yo‘l olishmadi. Klub rahbariyati fan-klub uchun katta ekranlarda "Zarafshon" kontsert zalida ajoyib kechani tashkil etib berishdi.

"Ushbu ajoyib muhit hosil qilinishida katta yordam bergan klubimiz rahbari, shahrimiz hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga va "Zarafshon" kontsert zali xodimlariga va Jahongir Usmonovlarga o‘z rahmatimizni aytib qolamiz.

Biz albatta jamoamizni kubok uchrashuvida qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizni kutib ol Namangan", - 
 deyiladi "Paxtakor" muxlislari telegram kanalida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
29/08/2022 10:04
Келишга юрак керак лекин водий аҳли меҳмонни ҳурматини жойига қўяди.
Akram Haedarov
29/08/2022 09:03
Namangandan kegan muhlislarni haqorat qilib endi namanganga borishga duhinglar etmadimi quruqlar