"Paxtakor" muxlislari uchun BOMBA yangilik!

  • 11.02.2026 14:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" jamoasi Hojiakbar Alijonov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi. 

"Jamoamiz tarbiyalanuvchisi "Paxtakor" bilan kelishuvini 2027 yil oxiriga qadar uzaytirdi. 2018 yildan beri asosiy tarkibimizda o‘ynab kelayotgan himoyachi Superligada 166 o‘yinda 8 gol urishga erishgan.

"Paxtakor" tarkibida barcha musobaqalarda 234 uchrashuvda ishtirok etib, 11 to‘p kiritgan. Hozirgacha Hojiakbar jamoamiz bilan 5 marta O‘zbekiston chempionati, 3 bor O‘zbekiston Kubogi, 2 marta Superkubok hamda bir bor Liga Kubogida zafar quchgan.

Yetakchilarimizdan biriga aylangan Alijonov bundan keyin ham "Sherlar" bilan sovrinlarga ega chiqishda davom etishiga ishonch bildiramiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!