"Paxtakor" "Nasaf" sardorini o‘z safiga qo‘shib oldi
Qarshining "Nasaf" klubi sardori Umar Eshmurodov "Paxtakor" safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Faoliyati davomida "Sho‘rtan" va "Nasaf" jamoalari safida yuqori liga o‘yinlarida 152 bor maydonga tushgan himoyachi 4 gol muallifiga aylangan. O‘tgan mavsum barcha uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Umar Eshmurodov erkin agent sifatida "Paxtakor" bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

Umar EShMURODOV
Tug‘ilgan sanasi: 30.11.1992
Ampluasi: himoyachi
O‘ynagan jamoalari: “Sho‘rtan”, “Nasaf”.

Fikrlar
Nasafda urnini topgandek Pahtada urnini topolmay 1 yildan keyin sargardon bulib yurasan endi ukam .
Sabr qilganingda osiyoni birorta jamoasiga ketarding .
Essiz shunday iqtidoringni yuqotmasang buldi edi zaxirada mixlanib.