"Paxtakor" "Navbahor"dan chaqqonroq chiqdi!
Rasman bugundan boshlab O‘zbekistonda qishki transferlar oynasi ochilganidan habaringiz bor.
Poytaxtning "Paxtakor" klubi o‘z futbolchisi Po‘latxo‘ja Xoldorxonovni ortga qaytarmoqchi. O‘tgan mavsumni "Olimpik" safida o‘tkazgan futbolchiga "Navbahor" klubi qiziqi qolgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, "sherlar" o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan mavsumda Po‘latxo‘ja 22 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar