
"Paxtakor" nazorat uchrashuvida "Olimpik"ni mag‘lub etdi
5 nafar futbolchi olimpiya terma jamoasiga jalb etilgani sababli Superligada tur uchrashuvi qoldirilgan. "Paxtakor" o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida "Olimpik" bilan nazorat bellashuvida maydonga tushdi.
Bahs 3:0 hisobida "sherlar"foydasiga hal bo‘ldi. Merk dublga erishgan bo‘lsa, yana bir to‘p Sobirxo‘jaev hisobiga yozildi.
"PAXTAKOR" - "OLIMPIK" - 3:0
Gollar: Merk 27, 76, Sobirxo‘jaev 33.
"Paxtakor": Pavlyuchenko, Adhamzoda, Abdumajidov, Azmiddinov, Ortiqboev, Sobirxo‘jaev, Abdumannopov, Merk, Saidnurullaev, Ibraimov, Hamdamov.
Zaxira: Abdullaev, Todorov, Usmonov, Ergashboev.
"Olimpik": Edem Nemanov, Muhammadbobir Mo‘ydinov (Behruz Karimov 46), Akbar Abdirasulov (Rustam Jahonov 46), Behruz Jumatov (Ozodbek Ibodullaev 86), Jaloliddin Sodiqov (Ulug‘bek Maratov 79), Davron Olimjonov (Samandar Qodirov 17), Nodir Abdixoliqov (Abdulboriy Marufjonov 71), Muhammadaziz Ibrohimov (Behruz Shukurullaev 79), Muhsin Bozorov (Akmal Ahmadov 53), Rian Islamov (Adam Prisyajnuk 86), Asad Jo‘raboev (Hojiahmad Husanov 53).
Zaxira: Zikrillo Hotamjonov, Jahongir Bo‘riev.
Fikrlar