
"Paxtakor" nimaning evaziga "Nasaf"ni mag‘lubiyatga uchratdi? - Toshkentliklar murabbiyidan javob
"Paxtakor" - "Nasaf" o‘rtasidagi Superkubok bahsidan (1:0) so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida toshkentliklar ustozi Slavche Voyneski ishtirok etdi.
- Futbolchilarimni tabriklayman. Ular maydonda borlarini berishdi, imkon boricha yaxshi o‘ynashga intilishdi. Yaxshi shakllangan jamoaga qarshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limda ba’zi xatolar yuzaga keldi, to‘p uzatishlarda kamchiliklar kuzatildi. Tanaffusda buni tuzatish ustida gaplashdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni nazorat qildik. Ustunligimiz foyda berdi. Superkubok bizga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Mavsum yakunida ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan holda uchrashishni istayman.
Suyunovning eski jarohati bezovta qildi. To‘liqroq ma’lumotni keyinroq bilib olamiz.
Barcha futbolchida imkoniyat bo‘ladi. Qanday o‘ynashimiz turli holatlarga bog‘liq. Aldamchi to‘qqizlik yoki boshqa vazifalar yuklangan holda futbolchilarni maydonga tushirishim mumkin. Ular turli holatlarga tayyor turishi kerak.
Hujumkor futbol o‘ynaymiz. Lekin bu degani to‘pni oldindagi o‘yinchiga tepish degani emas. To‘pni nazorat qilish, himoyalanish, zarur paytda o‘zgarishlar qilish ham buning jihatlari. Biz hujumkor futbol namoyish etishga urinamiz, - dedi Slavche Voyneski.
Fikrlar