"Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida 1900 gol kiritgan birinchi jamoaga aylandi
Ayni daqiqalarda Coca Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Buxoro" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvning 31-daqiqasida Igor Sergeev hisobni ochdi. Bu gol "sherlar"ning O‘zbekiston chempionatidagi 1900-goli bo‘ldi.
Shu tariqa, "Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida 1900 ta gol kiritgan ilk jamoaga aylandi. Bu borada eng yaqin ta’qibchi "Neftchi" hisobida esa 1566 ta gol mavjud.

Fikrlar