"Paxtakor" Sergeev bilan muzokaralarni boshladi

  • 13 dekabr, 2024, 18:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsum uchun kuchli tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" Dragan Cheran bilan xayrlashganidan keyin hujumchi olib kelishni maqsad qilgan. 

Tecno

"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, "sherlar" jamoaning sobiq futbolchisi Igor Sergeev bilan muzokaralarni boshladi. Tez kunlarda ushbu transfer taqdiri hal bo‘ladi. 

Sergeevning "Patxum" bilan yana bir yillik shartnomasi bor edi. Ammo Tailand klubi ushbu bitimni bekor qilishi kutilmoqda. 

31 yoshli hujumchi "Paxtakor" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2016 yili jamoani tark etdi, oradan ikki yil o‘tib, yana qaytdi. 2021 yilda esa "Aktobe" safiga ko‘chib o‘tgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Igor Toshkent klubi tarkibida jami 200 dan oshiq o‘yin o‘tkazib, 116 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Пахтакор-дардим,фахрим
14/12/2024 17:30
Хуш келибсан яна
Пахтакорга Игорь !
деб ёзиш насиб килсин.