
"Paxtakor" Sergeevning goli evaziga g‘alaba qozondi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan "Paxtakor" navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida Qozog‘istonning "Aktobe" jamoasi bilan bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda "sherlar" kichik 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 52-daqiqada kiritildi. Igor Sergeev jamoa foydasiga belgilangan penaltidan unumli foydalandi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs "Paxtakor"ning Antaliyadagi yig‘in doirasida ettinchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi.
Fikrlar