
"Paxtakor" "Spartak" Moskva bilan o‘yinga qaysi futbolchilarni olib ketdi?
Xabaringiz bor 21 fevral kuni "Paxtakor" Moskvaga "Spartak" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun jo‘nab ketadi.
Mazkur bellashuvda ishtirok etish uchun 18 nafar futbolchi jalb etilgan. Eldor Suyunov, Egor Krimets, Umar Eshmurodov, Abror Ismoilov va Igor Sergeev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida BAAda o‘tayotgan yig‘inga yo‘l olishgan. Ular "Spartak" bilan bahsda ishtirok etishmaydi. Shuningdek, jarohatdan tiklanayotgan Akrom Komilov, Javohir Sidiqov va Sadriddin Abdullaev ham Moskvaga borishmaydi. Quyida "Spartak" bilan o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar:
Sanjar Quvvatov
Umid Hamroev
Himoyachilar:
Anzur Ismoilov
Farruh Sayfiev
Alisher Salimov
Vladimir Kozak
Sherzod A’zamov
Hojiakbar Alijonov
Yarim himoyachilar:
Asad Sobirjonov
Diyor Xolmatov
Sardor Sobirxo‘jaev
Humoyunmirzo Iminov
Odil Hamrobekov
Dostonbek Hamdamov
Jaloliddin Masharipov
Dragan Cheran
Hujumchilar:
Eren Derdiyok
Shohruh Mahmudhojiev
Fikrlar