"Paxtakor" tarixida faqat bir futbolchi penta-trik qayd etgan xolos. U kim?

  • 19 may, 2020, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Paxtakor" tarkibida sobiq SSSR va O‘zbekiston chempionatlarida uchta hamda undan ko‘p gol urgan o‘yinchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Chempionat bahslarida ilk xet-trik Stanislav Vlasov tomonidan kiritilgan. U Frunzening "Spartak" jamoasi darvozasiga 1958 yil uchta to‘p kiritgan. SSSR chempionatida Gennadiy Krasnitskiy, Birodar Abduraimov va Andrey Yakubik 4 tadan gol urishgan. Krasnitskiy Bereznikining "Ximik", Abduraimov Kirovobodning "Dinamo", Yakubik "Zenit" darvozasiga 4tadan to‘p kiritgan. Gennadiy Krasnitskiy faoliyati mobaynida 5 marta "sherlar" uchun xet-trikka erishgan bo‘lsa, Birodar Abduraimov ham bir pokerdan tashqari yana 5 xet-trik sohibi bo‘lgan.

Poker qayd etganlar:

1 - Gennadiy Krasnitskiy ("Ximik" Berezniki), Birodar Abduraimov ("Dinamo" Kirovobod), Andrey Yakubik ("Zenit")

Xet-trik qayd etganlar:

5 - Gennadiy Krasnitskiy ("Moldova", TsSKA, "Belarus", SKA, "Ararat"), Birodar Abduraimov ("Ararat", "Zenit" 2 marta, "Torpedo" Kutaisi, "Krivbass")
4 - Igor Shkvirin ("Chernomorets", "Spartak" Vladikavkaz, "Tiras", "Lokomotiv" Nijniy Novgorod)
2 - Andrey Yakubik ("Dinamo" Moskva 2 marta), Andrey Pyatnitskiy ("Shaxtyor" Donetsk, "Kuban")
1 - Stanislav Vlasov ("Spartak" Frunze), Igor Malinovskiy ("Stroitel" Ashxobod), Mixail An ("Qayrat"), Azamat Abduraimov ("Karpati"), Mustafo Bilolov ("Karpati").

O‘zbekiston chempionatlarida "Paxtakor" safida bir bellashuvda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida Ne’matillo Quttiboev tarixga kirgan. U 2001 yil "Semurg‘"ga qarshi kechgan bahsda raqiblar darvozasini 5 bor ishg‘ol qilgan. 5 nafar futbolchi esa 4 martadan raqib darvozasiga gol urishgan. 22 nafar futbolchi esa xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Eng ko‘p xet-trikka Shuhrat Maqsudov erishgan - 6 bor.

Penta-trik qayd etgan:

1 - Ne’matillo Quttiboev ("Semurg‘")

Poker qayd etganlar:

1 - Valeriy Kechinov ("Temiryo‘lchi"), Shuhrat Maqsudov ("Paxtakor-79"), Dilmurod Nazarov ("Chirchiq"), Zayniddin Tojiev ("Do‘stlik"), Anvar Soliev ("Lokomotiv").

Xet-trik qayd etganlar:

6 - Shuhrat Maqsudov ("Shahrixonchi", "Chirchiq", "Shifokor", "Yangier", "So‘g‘diyona", "Orol")
5 - Anvar Soliev ("Lokomotiv", "Buxoro", "Traktor" 2 marta, "So‘g‘diyona")
4 - Uche Ixeruome ("Xorazm", "Sho‘rtan", "Lokomotiv", "Qizilqum"), Igor Shkvirin (MHSK, "Xorazm", "Zarafshon", "Temiryo‘lchi")
3 - Dragan Cheran ("Andijon", "Buxoro" 2 marta), Aleksandr Pisarev ("Traktor", "Temiryo‘lchi", "Surxon")
2 - Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Andijon", "Sho‘rtan"), Igor Sergeev ("Buxoro", "Qizilqum"), Mirjalol Qosimov ("Orol", "Dinamo" S), Sobir Xodiev ("Chirchiq", "Surxon"), Andrey Akopyants ("Chilonzor", "Surxon"), Leonid Koshelev ("Andijon", "Mash’al"), Zayniddin Tojiev ("Qizilqum", "So‘g‘diyona")
1 - Valeriy Kechinov ("Kosonsoychi"), Oleg Sinelobov ("Yangier"), Andrey Streltsov ("Buxoro"), Aleksey Jdanov ("Metallurg"), Marat Bikmaev ("Metallurg"), Vladimir Shishelov ("Surxon"), Aleksandr Geynrix ("Navbahor"), Ismael Gonsalvesh ("Nasaf"), Tiago Bezerra ("Bunyodkor").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!