"Paxtakor" yozgi yig‘inini qachondan boshlaydi?
Kubok bahslaridan so‘ng "Paxtakor" mavsumning birinchi qismini yakunladi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jahon chempionati bilan bog‘liq tanaffusdan keyin "Paxtakor" navbatdagi rasmiy o‘yinni 17 iyul o‘tkazishi mo‘ljallangan.
Mavsumning ikkinchi qismida klubni chempionatda 10 o‘yin, Chempionlar Ligasi bahslari va kubok uchrashuvlari kutib turibdi.
Futbolchilar ikki hafta davomida dam olishadi. 10 iyundan mashg‘ulotlar Qibraydagi bazada davom ettiriladi.

Fikrlar