"Paxtakor"dan terma jamoalarga necha nafar o‘yinchi chaqirilganini bilasizmi?
FIFA kunlarida milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalariga "Paxtakor"dan 14 nafar futbolchi taklif etildi.
Milliy terma jamoaga Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo‘jaev, Odil Hamrobekov, Aziz Turg‘unboev va Hojimat Erkinov chaqirildi. Bu futbolchilar 30 mart kuni klub ixtiyoriga qaytishadi.
Olimpiya termasiga esa Abbos Fayzullaev va Diyor Xolmatov taklif etilgan. Ular 31 mart kuni klub ixtiyoriga qaytib kelishadi.
Yoshlar terma jamoasi tarkibiga Otabek Boymurodov, Abubakir Ashurov, Izzat Po‘latov, Behruz Asqarov, Abbos Ergashboev va Rustam Turdimurodov chaqirildi. Ular 27 mart kuni klub ixtiyoriga qaytishadi.
Superligada navbatdagi o‘yinni jamoamiz 1 aprel kuni Toshkentda "Navbahor"ga qarshi o‘tkazadi.
“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar