"Paxtakor"ning OChLdagi maqsadi ma’lum qilindi. Ammo bu yangilik emas!

  • 13 yanvar, 2022, 11:24
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Paxtakor" klubi yangi bosh murabbiy Slavche Voyneski ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tecno

Unda klub sport direktori Ja’far Irismetov ham ishtirok etdi. Mutaxassis so‘zlari davomida avvalgi murabbiy Piter Xyuistra yig‘in boshlash arafasida aloqaga chiqmagani, nega Slavche Voyneski variantiga to‘xtalgani borasida gapirdi.

ja’far2

O‘tgan yili asosiy tarkibda o‘ynaganlardan Anzur Ismoilov ketdi. U juda yaxshi himoyachi va buni yo‘qotish deb aytish mumkin. Uning o‘rnini to‘ldirishga urinamiz. Murabbiy bilan bir necha variantlarni ko‘rib chiqamiz. Qolgan asosiy tarkib o‘yinchilarini saqlab qoldik. O‘lmasaliev va Mirahmadov kabi yosh futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Sobirxo‘jaevni olib qolishga harakat qilyapmiz. Shuningdek, yaqin orada yana bir futbolchining safimizga qo‘shilishi hal bo‘lishi mumkin. Bu jamoamizni ancha kuchaytirgan bo‘lardi. Rashidov ayni paytda mashg‘ulotda qatnashmoqda. Murabbiyda u ijobiy taassurot qoldirdi.

Bizga yulduzlardan ko‘ra natija ko‘rsatadigan futbolchilar zarur. Aytaylik, Cheran kabi. Shunday sifatli o‘yinchilarni topishga urinamiz. Jamoaga yaxshi kirishib ketadigan futbolchilarni topish vazifamiz.

Murabbiy bilan shartnoma bir yilga mo‘ljallangan. Mavsum davomida bu masalani ko‘rib chiqamiz. Voyneski oldiga "Paxtakor" bilan ichki musobaqalarda g‘oliblikka erishish vazifasi qo‘yilgan. Chempionlar Ligasida chiroyli futbol ko‘rsatib, guruhdan chiqishga intilamiz.

Voyneski yoshlar bilan ishlashda katta tajribaga ega. Murabbiy tanlashda aynan shuni ham hisobga oldik. Makedoniyada bu borada yaxshi faoliyat olib borgan.

Xyuistraning boshqa rejalari bo‘lgandir. U yig‘inni boshlash uchun etib kelishi zarur paytda biz bilan aloqaga chiqmadi, - dedi klub sport direktori.

Slavche Voyneski bilan klub o‘rtasida 2022 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekildi. Bitim tomonlarning xohishi bilan mavsum davomida uzaytirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бруно
13/01/2022 16:55
Қуруқсан қуруқлигингча қоласан