Pedri Chempionlar Ligasida "Barsa" uchun eng qiyin raqiblarni aytdi

  • 24.12.2025 15:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "ko‘k-anorranglilar"ning Chempionlar Ligasidagi eng kuchli raqiblari haqidagi savolga javob berdi.

Amaldagi chempion PSJ. "Arsenal" ham juda kuchli jamoa. "Siti"ni ham, "Real"ni ham doim da’vogarlar qatoriga qo‘ygan bo‘lardim. Men kuchli deb hisoblaydigan va meni juda hayratda qoldirgan jamoa - bu do‘stim Trinkao o‘ynayotgan "Sporting". Ular yaxshi futbol o‘ynashmoqda", - deya Pedrining so‘zlarini keltirdi Esquire.

Chempionlar Ligasi umumiy guruh bosqichi finishiga 2 tur qolganida "Barselona" 6 o‘yinda 10 ochko to‘plagan holda 36 klubdan iborat turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi va 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish zonasidan 2 ochko ortda qolmoqda. Jadvalning eng yuqori to‘rt pog‘onasini 100 foizlik natija bilan (6 o‘yinda 18 ochko) Londonning "Arsenal", Myunxenning "Bavariya" (15 ochko), turnirning amaldagi g‘olibi PSJ (13 ochko) va "Manchester Siti" (13 ochko) egallab turibdi.

Madridning "Real" klubi 12 ochko bilan ettinchi, Lissabonning "Sporting" klubi 10 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda va to‘plar nisbatiga ko‘ra "Barselona"ni ortda qoldirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!