Asosiy mazmunga oʻtish

Pedri va Ferran Mbappeni tanladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

"Barselona" hozirda Ispaniya La Ligasida yetakchilik qilmoqda, "Real" esa bir ochko bilan ortda qolmoqda.

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri va hujumchi Ferran Torres mashhur "El Hormiguero" ko‘rsatuvida mehmon bo‘lishdi. "Ko‘k-anorranglilar" futbolchilari agar imkoniyat bo‘lsa, "Real Madrid"ning qaysi futbolchisini sotib olishlari haqidagi savolga javob berishdi.

- Pedri:

- "Menimcha, Kilian Mbappe.

- Torres:

- Ha, Mbappe. Kilian Mbappe samarali mavsum o‘tkazmoqda.

 "Real Madrid"ning fransuz hujumchisi 33 ta o‘yinda 38 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. "Barselona" hozirda Ispaniya La Ligasida yetakchilik qilmoqda, "Real" esa bir ochko bilan ortda qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q