Asosiy mazmunga oʻtish

Pedri: «Yamal — dunyodagi eng yaxshi futbolchi»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Pedri Lamin Yamалni dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb atadi, Yamal joriy mavsumda 11 oʻyinda 9 gol va 10 golli pas qayd etdi.

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri jamoaning qanot hujumchisi Lamin Yamalning oʻyini haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«U doimo muvaffaqiyatga erishishga intiladi va oʻyindan zavq oladi. Toʻp uning oyogʻiga kelib tushganda, dribling ishlatishi, gol urishi va golli uzatmalarni amalga oshirishidan futbol oʻynash unga yoqishi yaqqol koʻrinadi. Yamal oʻyin taqdirini hal qila oladi. U dunyodagi eng yaxshi futbolchi», — deya Pedrining soʻzlarini Mundo Deportivo nashri keltirdi.

19 yoshli vinger joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib oʻtamiz, ertaga, 20 oktyabr kuni «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida safarda «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q