Pedro Milan grandlarining nazariga tushib qoldi

  • 1 aprel, 2019, 18:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Pedro Rodriges faoliyatini Italiya A Seriyasila davom ettirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Milan" va "Inter" klublaridan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. "Barselona" tarbiyalanuvchisi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida aynan Milan klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Pedro joriy mavsum “Chelsi” safida 42ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!