Pekin-2022. Komiljon To‘xtaev gigant slalom bahslaridagi chiqishini yakunladi

CHERY AUTO

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashayotgan hamyurtimiz Komiljon To‘xtaev gigant slalom yo‘nalishidagi ishtirokini tugatdi.

Tecno

Birinchi startdan so‘ng 35-natijani qayd etgan vakilimiz yakunda 1 daqiqa, 22,77 soniya natija bilan 29-pog‘onani band etdi. Bu borada g‘oliblik shveytsariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Sloveniya sharafini himoya qilgan Jan Kranets ikkinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, Frantsiya vakili Matyo Fevr kuchli uchlikka yakun yasadi.

Tog‘ chang‘isi. Gigant slalom, erkaklar:
1. Marko Odermatt (Shveytsariya);
2. Jan Kranets (Sloveniya);
3. Mate Fevr (Frantsiya)
29. Komiljon To‘xtaev (O‘zbekiston)

Endi sportchimiz 16 fevral kuni slalom dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!