Penaltidan gol ura olmagan Mbappega Frantsiya prezidentidan xabar keldi

  • 30 iyun, 2021, 16:46
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Frantsiya hamda Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etilganligi bois, tomonlar qo‘shimcha bo‘limlar va penaltilar seriyasiga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. Futbol lotereyasida jamoasining so‘nggi zarbasini yo‘llagan Kilian Mbappe 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi.

"Le Parisien" ma’lumotlari asosida "RMC Sport"ning xabar berishicha, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron yosh yulduzga xat yozgan. Davlat rahbarining maqsadi Mbappeni qo‘llab-quvvatlash va ruhiy tushkunlikdan chiqarish.

22 yoshli futbolchi "Evro-2020"dagi 4 o‘yinning barchasida to‘liq harakat qildi va o‘z hisobiga 2 ta assistni yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdushukurov O
30/06/2021 21:04
Исқирт "макрон" дин душмани, валади зино, ўзини яхши кўрсатишга уста ўзича...
PROSTO TELE
30/06/2021 17:16
Ана футболга эътибор. Президент даражасида кизикиш бор футболга. Биздачи президентимиз футбол уёкда турсин бошка нарсаларга хам кизикмайдилар.