
Pep Gvardiola: "Saudiya Arabistoni jamoalari rostan ham bozorni ostin-ustun qilib yuborishdi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Saudiya Arabistoni klublarining transferlari haqida gapirib o‘tdi.
"Saudiya Arabistoni jamoalari rostan ham bozorni ostin-ustun qilib yuborishdi. Boshqa klublar bu holatdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Riyod Mahrez aqlbovar qilmas taklifni rad eta olmadi. Biz ham unga "bunday qilma" deya olmadik", - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Mahrez Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi safiga borib qo‘shildi.
Fikrlar