Pepe "Arsenal"da tibbik ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 29.07.2019 23:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning “Lill” klubi vingeri Nikolya Pepe “Arsenal”da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” tez orada 24 yoshli ivuarlik futbolchining transferini rasman e’lon qilishadi. Bu esa ularga 80 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Pepe o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!