Pepe faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 26 iyul, 2019, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lill" klubi vingeri Nikolya Pepe uchun "Napoli" ham kurashga qo‘shildi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli frantsuzning agenti ayni damda Italiyaga etib kelgan va neapolliklar bilan mijozining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda Pepening transferi "Napoli"ga 60 million evroga tushadi.

Ta’kidlash kerakki, dastlab “Lill” o‘z to‘purarini 80 mln evroga baholayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Pepe o‘tgan mavsum 41ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 23ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!