
Pepe "Liverpul"ni tanladi
Frantsiyaning "Lill" klubi vingeri Nikolya Pepe faoliyatini qaerda davom ettirish masalasida bir qarorga keldi. Bu haqda Libero nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 24 yoshli ivuarlik futbolchi ajoyib o‘yinlari bilan Evropa grandlarining e’tiboriga tushgan. Biroq, u da’vogarlar orasidan “Liverpul”ni tanlamoqda. Unda mersisaydliklar safida o‘ynash istagi kuchliroq.
Ma’lumot uchun, Pepe o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 22ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar