
Pepe: "Ronaldu bizning o‘ziga xos bayrog‘imizdir"
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe jurnalistlarning Krishtianu Ronaldu haqidagi savoliga javob berdi.
"Ronaldu bizning o‘ziga xos bayrog‘imizdir. U butun dunyoga millatimiz obro‘sini tarqatadi. Hozir hech kim Krishni noo‘rin ayblayvermasligi kerak. U qo‘lidan kelgancha jamoa foydasi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shdi va biz unga minnatdorchilik bildirishimiz kerak", - dedi Pepe MundoDeportivo nashriga.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining chorak finalida Marokashga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Ronaldu musobaqada bitta gol muallifiga aylandi. Pepe esa oxirgi bahsni qo‘li singan holda yakunladi.
Fikrlar