
Peres bilan "tortishadigan" inson yo‘qmi?
Florentino Peres "Real Madrid" prezidenti lavozimida ishlashda davom etadi.
Amaldagi Prezident juma kuni o‘z nomzodini taqdim etgan va bu saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan edi.
Bugun klub Prezidentligiga nomzodlar uchun arizalar qabul qilishning oxirgi muddati hisoblanadi. Agar kun so‘nggigacha boshqa nomzodlar chiqmasa, Peres saylovlarsiz g‘alaba qozonadi. Seshanba kuni esa yana rasman 2029 yilgacha "qaymoqranglilar" rahbari deb e’lon qilinadi.
Florentino 2009 yildan beri yagona nomzod bo‘lib, "qirollik klubi" Prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Bundan tashqari, 2013, 2017 va 2021 yillarda ham unga raqib topilmagan edi.
Fikrlar