"Persepolis" bosh murabbiyi: Oston O‘runov asosiy tarkibga kirish uchun avvalgi formasini tiklashi kerak!

  • 01.11.2025 11:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda Eronning "Persepolis" jamoasi bosh murabbiyi o‘zgardi. Qoniqarsiz natijalar sabab Vohid Hoshimyan iste’foga chiqarilib, uning o‘rnini braziliyalik Osmar Viera egalladi. 

Viera legionerimiz Oston O‘runov haqida fikrlarini bildirdi. U O‘runovning faoliyatida pasayish bo‘layotganini ta’kidladi.

"O‘runovning faoliyati ikki yil avvalgiga nisbatan ancha pasayib ketdi va men hozir O‘runovni ko‘rmayapman! U "Persepolis"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi uchun avvalgi Oston versiyasiga qaytishi kerak", - dedi 50 yoshli mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov jarohatlar sabab o‘tgan mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan edi. U joriy mavsum Eron Pro-ligasida 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!