"Persepolis" "Chadormalu"ni taslim etdi va ikkinchi po‘g‘onaga qaytdi
Eron Pro-ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Persepolis" - "Chadormalu" bahsi yakunlandi. Bellashuv tehronliklarning 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlandi.
Legionerlarimiz Oston O‘runov va Igor Sergeev asosiy tarkibda maydonga tushdi. O‘runov 86-daqiqada almashtirildi, Sergeev esa to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "qizillar" ochkolari sonini 34 taga yetkazdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa qaytdi.

Fikrlar