"Persepolis" ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi bilan muzokara olib bormoqda

  • 03.01.2026 16:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Persepolis" klubi Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev hamda oʻng qanot himoyachisi Xojiakbar Alijonovni oʻz safiga qoʻshib olish uchun muzokaralar oʻtkazmoqda.

Eronning Varzesh3 nashri xabar berishicha, mazkur ikki futbolchi orasida Sergeevning transferi ancha oldinda. Oʻzbekistonlik forvard yaqin kunlarda Tehronga yetib kelib, tibbiy koʻrik va hujjat ishlaridan soʻng "Persepolis" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Agar barcha jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlansa, u jamoa bilan birga Qatar yigʻiniga yoʻl oladi.

Alijonov boʻyicha muzokaralar esa hozircha davom etmoqda. Ilk muloqotlar ijobiy kechgan boʻlsa-da, uchinchi tomon aralashuvi tufayli ushbu transferning taqdiri hali aniq emas.

Maʼlumot uchun, Transfermarkt portali Sergeevni ham, Alijonovni ham 1,2 million evroa baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!