Petr Chex yana "Chelsi"ga qaytishi mumkin

  • 27.04.2019 14:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni Petr Chex joriy mavsum yakunlangach yana "Chelsi"ga qaytishi mumkin.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 36 yoshli chexiyalik sobiq posboniga sport direktori lavozimida ish boshlashni taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Chex joriy mavsum yakunlangach o‘zining professional faoliyatini tugatishi haqida ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Chex 2004-2015 yillarda “Chelsi” sharafini himoq chilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!