PFL “Paxtakor”ga ham va’da qilingan mukofot pulini to‘ladi

  • 07.03.2019 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o‘rinlarni egallagan futbol klublariga ma’lum miqdorda mukofot pullari va’da qilgan edi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi O‘zbekiston Superligasi 2018 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra 2-o‘rinni egalladi. Qolaversa, klubning futzal jamoasi mamlakat chempionatida kumush medallarga ega chiqdi.  

Bungacha Professional futbol ligasi klublar bo‘ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo‘lishiga qarab, rag‘batlantiruvchi mukofot pullarini o‘tkazib borishni rejalashtirgandi.

“Paxtakor” klubi mavjud qarzdorliklarini to‘liq bartaraf etdi. Qolaversa, akademiya va maydon bo‘yicha talablar bajarildi. Natijada ushbu klubda qolib kelayotgan va O‘zPFLga ma’lum bo‘lgan qarzdorlik masalasi yo‘q.

Shu boisdan “Paxtakor” klubi birinchilardan bo‘lib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga Superligada 2-o‘rinni egallagani uchun 800 million so‘m, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun 200 million so‘m o‘tkazib berildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi ayni damda qolgan barcha klublarga ham va’da qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o‘tkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тохиржан Холмирзаев
08/03/2019 08:09
МУКОФОТ пули пули зарур булган жамолардан бошлаш керак эмасми МАСАЛАН БУНЕОДКОР НАВБАХОРГА ПУЛ ЗАРУР ЭДИ ПАХТАНИ ПУЛИ ЕТАРЛИКУ КЕЙИНРОК ОЛСА БУДАРДИ БАРИБИР ПФЛ ПАХТАКОРГА БУЛИПДИ
&
А.Н.Т
07/03/2019 16:23
Пахтала