
PFL “Sevinch” ayollar futbol klubiga va’da qilingan mukofot pulini o‘tkazib berdi
2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o‘rinlarni egallagan futbol klublariga ma’lum miqdorda mukofot pullari va’da qilgandi. Qarshining “Sevinch” futbol klubi ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rinni egalladi. Shunga ko‘ra, “Sevinch” 200 million so‘m mukofot puli bilan taqdirlanishi kerak edi.
Bungacha Professional futbol ligasi klublar bo‘ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo‘lishiga qarab, rag‘batlantiruvchi mukofot pullarini o‘tkazib borishni rejalashtirgandi. Avvalroq O‘zPFL ayollar futbol jamoalarini badal pullaridan ozod qildi. Shundan kelib chiqib, “Sevinch” 50 million so‘m badal pulini to‘lashi shart emas. Demak, klubda qolib kelayotgan va O‘zPFLga ma’lum bo‘lgan qarzdorlik masalasi yo‘q.
Evaziga “Sevinch” birinchilardan bo‘lib va’da qilingan 200 mln so‘m mukofot pullarini qabul qilib oldi.
Fikrlar