PFL Superligani qanday yakunlashni muhokama qilmoqda. Bu borada Xayrulla Hamidovning fikri qanday?

  • 19 oktabr, 2020, 13:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga birinchi davrasining oxirgi 4 ta turi markazlashgan holda o‘tkazildi. Musobaqa Toshkentda bo‘ldi. Endi esa, ikkinchi davraning oxirgi 4 ta turi qanday o‘tkazilishi borasida ko‘pchilik qiziqmoqda. Ayrimlar o‘yinlarni vodiy yoki vohada tashkil etish fikrini ilgari surayotgandi. Biroq uchrashuvlar aynan qaysidir hududda emas, har xil viloyatlarda, asosiysi neytral maydonlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

Jumladan, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida PFL klublar bilan uch masala yuzasidan fikr almashayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, quyidagi 3 masala ko‘rib chiqilmoqda.

9811581170336

1. O‘zbekiston Coca Cola kubogi o‘yinlarini avval tashlangan qur’a bo‘yicha guruh uchrashuvlari tariqasida davom ettirgan ma’qulmi yoki mavsumni tezroq yakunlash maqsadida olimpiya tizimiga qayta qur’a o‘tkazish masalasi. 

2. Coca Cola Superliganing so‘nggi to‘rt turini neytral maydonlarda o‘tkazishi masalasi. Misol uchun, “Paxtakor” – “Nasaf” o‘yinini “So‘g‘diyona” stadionida o‘tkazishga o‘xshash.

3. Klublar smetasi bilan bog‘liq qisqartirishlardan kelib chiqib, ayollar chempionatining I davrasidan keyin yuqori oltilik va quyi oltilik uchrashuvlarini bo‘lib o‘tkazish. Bu holatda musobaqa 22 emas, 17 tur davom etadi.

O‘zPFL klublar imkoniyatlari va ovoz berishlaridan kelib chiqib, eng maqbul variantda to‘xtaladi. Umuman olganda, 2020 yilgi mavsum barchamiz uchun og‘ir va unutilmas bo‘lmoqda, - deya ma’lum qildi Diyor Imomxo‘jaev.

Xo‘sh, bu borada taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov qanday fikrda? Tinglaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!