PFL yana bir kompaniya bilan hamkorlik qiladi. Endi futbolchi va futzalchilarga beriladigan sug‘urta polislari oshirildi

  • 25 fevral, 2020, 16:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Apex Insurance 2020 yilgi futbol mavsumi davomida O‘zPFL bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

Superliga, U-21, U-18, Pro liga, Birinchi liga, ayollar va futzal jamoalari futbolchilari Apex Insurance sug‘urta polislariga ega chiqadi. Ularning ehtimoliy baxtsiz xodisalari qatorasiga ikkinchi yildirki O‘zPFL tomonidan sug‘urtalanmoqda.

Ma’lumot uchun, bir yil avval barcha futbolchilar 10 million so‘mlik sug‘urta polislariga ega bo‘lgandi. 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich ikki karra oshdi. Endilikda O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tayotgan futbolchilarda 20 million so‘mlik sug‘urta polislari mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!