
Pike 3ta o‘yingacha chetlatilishi mumkin
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Xerar Pike bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Agar La Liga rahbariyati 31 yoshli himoyachining “Espanol”ga (1:1) qarshi bahsda muxlislarga qarata qilgan harakatlarini haqorat deb hisoblasa, u 1ta o‘yindan 3ta o‘yingacha chetlatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pike aynan "Espanol"ga qarshi o‘yinda kichik jarohat olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar