
Piontek "Milan"dan, A Seriyaning boshqa klubiga o‘tib ketishi mumkin
"Roma" klubi "Milan" hujumchisi Kshishtof Piontekni sotib olmoqchi.
24 yoshli forvard milanliklar safida qolishni istayapti, ammo Rim klubi taklifini ham ko‘rib chiqishga qarshi emas.
Avvalroq, Piontek o‘zi o‘ynagan "Fiorentina" va "Jenoa" klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etgan edi.
A Seriyaning joriy mavsumida polshalik futbolchi 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar