
Pirlo: Men uchun Ronalduning boshqalardan ortiq joyi yo‘q!
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduni boshqa shogirdlaridan ustun qo‘ymasligini bildirdi.
- Ronalduga ham xuddi boshqalar bilan bo‘lganidek bir xil munosabatdaman. Kamtar insonlar bilan aloqada bo‘lish oson. O‘zim ham oddiyman. Futbolchiligimda qanday esam, hozir ham shundayman. Ronaldu chempion bo‘lsa ham, Janluka Frabotta yoki Manolo Portanova kabi yosh futbolchilar bilan bir xil munosabat qilaman, - dedi Pirlo.
Krishtianu Ronaldu ham Pirloning ishlash uslubi va g‘oyalari ma’qulligi uchun shartnomasi yakunlangunicha Turin klubida to‘p surishini aytdi.
Fikrlar