Pirlo murabbiylikka qaytadi!

Andrea Pirlo "Kremoneze" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda "Corriere Dello Sport" nashri xabar tarqatdi. 

Eslatib o‘tamiz, "Kremoneze" 30 yildan so‘ng A Seriyaga yo‘llanma olgandi. Jamoani elitaga olib chiqqan Fabio Pekkya bir hafta avval lavozimini tar etdi. 

"Yuventus" sobiq murabbiyi Andrea Pirlo ayni damda Kremoneda bo‘lib turibdi. U klub rahbariyati bilan muzokara o‘tkazmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!