Pochettino APLga qaytmoqda

  • 18 oktabr, 2022, 15:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Maurisio Pochettino kichik tanafusdan so‘ng ishga qaytishi mumkin.

“Aston Villa” ustozi Stiven Jerrard o‘z lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Bunga birmingemliklarning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan muvaffaqiyatsiz natijalari sabab bo‘lmoqda.  Klub uning o‘rniga argentinalik mutaxassisni olib kelishga harakat qiladi. Bu haqda “TeleFootball” nashri xabar bermoqda.

Pochettinoni bir yarim yillik faoliyatidan so‘ng 2022 yilning yozida PSJ klubi uni iste’foga chiqardi.

Ushbu murabbiy bundan oldin ham Angliyada faoliyat olib borgan. Aniqrog‘i, “Tottenxem” jamoasini 5 yil davomida boshqargandi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!