
Pochettino birinchi bo‘lib kimni olib kelishi hal bo‘ldi
PSJni qabul qilib olgan Maurisio Pochettino birinchilardan bo‘lib jamoaga Kristian Eriksenni olib keladigan bo‘ldi.
Daniyalik pleymeyker “Tottenxem”da aynan argentinalik murabbiy qo‘l ostida o‘ynagan. Bir yil muqaddam London klubidan “Inter”ga ko‘chib o‘tgan mahoratli yarim himoyachi Italiya futboliga moslasha olmadi.
“Inter” bu futbolchidan tezroq qutilishni istayapti. Shu bois, Pochettino qadrdan shogirdini qishki transferlar vaqtida Parijga ko‘chirib kelishi haqiqatga yaqinligi aytilmoqda.
Fikrlar