
Pochettino "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi
Argentinalik bosh murabbiy Maurisio Pochettino "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Ayni damda “arsitokratlar”ni joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi kerak bo‘lgan Frenk Lempard boshqarmoqda.
51 yoshli Pochettino "Tottenxem" va PSJ kabi klublardagi faoliyati bilan tanilgan. 2019 yilda argentinalik mutaxassis “shporlar”ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi va uch yildan so‘ng PSJ bilan Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar