Pochettino iste’foga chiqishdan qo‘rqmaydi, chunki...

  • 08.10.2019 14:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zining iste’foga chiqarilishi mumkinligidan cho‘chimayapti.

Sky Sports nashrining xabar berishicha "shporlar" xo‘jayini Daniel Levi argentinalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etmoqchi va yaqin orada uni ishdan olmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” APLning o‘tgan 8 ta turidan so‘ng 11 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pochettino boshchiligidagi jamoa o‘tgan mavsum EChL finaliga qadar etib bora olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!