
Pochettino Messini PSJda ko‘rmoqchi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan ishlash istagi borligini ma’lum qildi.
“PSJ boshqaruvida takomillashtirish strategiyasi mavjud. Agar men Lionel Messi bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritganimda, bu juda zo‘r bo‘lar edi. Ammo kelajakda nima bo‘lishini va bizning yo‘llarimiz kesishishi mumkinligini hali bilmayman”, - dedi argentinalik mutaxassis.
33 yoshli Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach, o‘z nihoyasiga etadi. Tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha murosaga kelgani yo‘q.
Fikrlar