
Pochettino yoki Allegri?
Madridning "Real" klubi amaldagi bosh murabbiy Zinedin Zidan jamoadan ketgan taqdirda uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Marca nashrining yozishicha “qirollik klubi” bu borada Maurisio Pochettino va Massimiliano Allegrini ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra agar “Real” bu mavsum Chempionlar ligasida g‘alaba qozonolmasa, rahbariyat Zidanni iste’foga chiqaradi.
Aytish kerakki, yuqorida nomlari tilga olingan ikki mutaxassisni ham Madridga olib kelish oson kechmasligi aniq. Chunki, Pochettino Angliyaga qaytmoqchi, Allegriga esa "Manchester Yunayted", PSJ va "Yuventus" qiziqmoqda.
Fikrlar