
Pochettinodan noxush xabar
Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng, PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi.
Aslida “Marsel”ga qarshi o‘tkazilgan Superkubok o‘yinidan oldidan PSJning 22 yoshli himoyachisi Kolen Dagbada koronavirus aniqlangan edi. Undan oldin yana bir himoyachi – Tilo Kerer kasallangandi.
Pochettino zudlik bilan karantinga olindi. U davolanib qaytgunga qadar, bosh murabbiy vazifasini yordamchi murabbiylar - Xesus Peres va Migel D’Agostino bajaradi.
Fikrlar