Pogba hamon "Real"ga o‘tishdan umidvor
"Manchester Yunayted" klubi yarim ximoyachisi Pol Pogba jamoasini o‘zgartirishdan umidvor.
Pogba hamon "Real"ga o‘tishni istamoqda. Garchi buning imkoni past darajada bo‘lsa ham.
U MYuga bosim o‘tkazmoqchi emas. Ammo transfer ustida ish olib borishga tayyor. Madridliklar esa hech qaerga shoshilmayapti. Ular Neymar bilan vaziyatning echimini kutmoqdalar va 200 mln evro sarflashni rejalashtirishmayapti.
Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining "Real’ga o‘tishini tashkillashtirishga harakat qilmoqda. Yaqin kunlarda u Pogba Madridga ko‘chib o‘tishni istayotganini ochiqlash uchun Manchester klubi vakillari bilan uchrashadi.

Fikrlar