Pogba hech kim kutmagan chempionatga yo‘l oldi

  • 17 fevral, 2021, 23:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbaning tug‘ishgan akasi Matias faoliyatini hech kim kutmagan jamoa – “Tabor”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu jamoa Sloveniya chempionatida ishtirok etadi.

Tecno

Matias Pogba sloveniyaliklar bilan mavsum oxirigacha davom etadigan bitimga imzo chekdi.

30 yoshli futbol yangi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shildi. Matiasning oxirgi jamoasi “Mursiya” bo‘lgandi. Futbolchi ispan klubini 2020 yilning yozida tark etgan. Matias Pogba faoliyati davomida “Reksem”, “Peskara”, “Kroli Taun”, “Sparta Rotterdam”, Tur”, “Lorka” kabi bir necha klubda o‘ynagan.

Uning yangi jamoasi “Tabor” Sloveniya chempionatija 21 ta o‘yinda 26 ochko to‘plab, ettinchi o‘rinda bormoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!