
Pogba kelajagi borasida qaror qildi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba klubdagi kelajagini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, frantsuz yozda jamoani tark etmoqchi.
"Daily Star" nashrining xabar berishicha, futbolchi "Real" Madridga o‘tmoqchiligini aytgan. Shuningdek, shu klub safida to‘p tepish uning bolalik orzusi ekanini gapirgan.
"Real"dan tashqari Pogbaga PSJ, "Yuventus" va "Nyukasl" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Pol Pogba joriy mavsum APLning 9 uchrashuvida 7 ta assistni o‘z nomiga yozib qo‘ygan.
Fikrlar