Pogba "Yuventus"da Ronaldudan ham ko‘proq maosh olish evaziga Turinga o‘tishi mumkin

  • 28.09.2019 14:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini o‘zining sobiq jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, frantsiyalik xavbek "Yuventus" klubi vakillari bilan shartnoma shartlari borasida gaplashgan. Pogba Turinda haftasiga 600 ming funt olmoqchi. Agar "Yuve" vakillari shu shartga rozi bo‘lishsa, Pogba jamoaga qaytishga tayyor.

Ma’lumot o‘rnida, bu summa "Yuventus" yulduzi Krishtianu Ronaldunnig maoshidan ham ko‘proqdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!